» » O‘zbekistonda auditorlik faoliyati faqat xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiriladi

O‘zbekistonda auditorlik faoliyati faqat xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-talbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, endi auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya litsenziatga barcha turdagi auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beradi. Auditorlik tashkilotining ustav kapitali auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, jumladan, pul mablag‘laridan shakllantiriladi.

Auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning eng kam soni kamida to‘rt nafar shtatdagi auditordan iborat bo‘ladi. Aynan bitta xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvi ketma-ket yetti yildan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.

Auditorlik tashkilotlari o‘zlarining veb-saytlarida yoki auditorlar jamoat birlashmalarining veb-saytlarida o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to‘g‘risidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko‘rsatgan holda e’lon qiladi.

Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari ishining sifati tashqi nazoratdan o‘tkaziladi.

2019- yil 1-yanvardan:

Auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdoriga doir;

auditorlik tashkilotlari rahbarlarining attestatsiyadan o‘tishi bo‘yicha;

ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) to‘plami 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda tashqi auditni o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini Raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat ichidan tanlov asosida tanlash to‘g‘risidagi talablar bekor qilinadi.

2020-yil 1-yanvardan:

a) hisobot yili yakuni bo‘yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim:

Aktivlarning balans qiymati eng kam ish haqining 100 ming barobar miqdoridan ortiq bo‘lsa;

Mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum eng kam ish haqining 200 ming barobar miqdoridan ortiq bo‘lsa;

Xodimlarning o‘rtacha yillik soni 100 kishidan ortiq bo‘lsa;

b) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi;

v) majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют