» » Adliya vazirligida Belarus adliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Adliya vazirligida Belarus adliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi


Joriy yilning 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Belarus Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari I.G.Tushinskiy boshchiligidagi Belarus Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning yaqinda amalga oshirilgan O‘zbekistonga davlat tashrifi tilga olinib, uning doirasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator salmoqli hujjatlar imzolangani qayd etildi. Oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida adliya sohasida hamkorlikni rivojlantirish zarur ekanligi ta’kidlandi.

Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini tubdan takomillashayotgani, davlat huquq siyosatini amalga oshirishda u alohida o‘rin egaligi bildirildi.

Vazirlik tuzilmasida fuqarolar va tadbirkorlarga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish vakolatini olgan  Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi tarkibiy bo‘linmalari tashkil etilgani, shu bilan birga, bugungi kunda davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida yangi innovatsion Davlat xizmatlari markazlarini barpo etish ishlari judal sur’atlar bilan amalga oshirilayotgani, markazlar tomonidan 100 ga yaqin davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida 1 mln. 200 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilayotgani haqida ham ma’lumotlar berildi.

Belarus Respublikasi delegatsiyasi adliya tizimi, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligida amalga oshirilgan yuksak o‘zgarishlarni e’tirof etgan holda O‘zbekiston tajribasini o‘zlashtirish istagini bildirdi.

Uchrashuv chog‘ida mehmonlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholiga huquqiy axborotni tezkorlik bilan yetkazish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha erishayotgan yutuqlari qayd etildi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Adliya vazirligi sahifalari faoliyat yuritib, o‘tgan 4 oy mobaynida ularga 100 mingdan ziyod foydalanuvchi tashrif buyurgani, Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanaliga 112 mingdan ortiq foydalanuvchi obuna bo‘lib, ushbu kanal orqali 5 mingdan ortiq huquqiy axborot tarqatilgani to‘g‘risida, umuman olganda vazirlik faoliyati haqida ma’lumot taqdim etildi.

Muzokaralar chog‘ida mehmonlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Tadbir yakunida delegatsiya a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют