» » CNN AQSh prezidenti rafiqasining maxfiy bosh maslahatchisi kimligini aniqladi

CNN AQSh prezidenti rafiqasining maxfiy bosh maslahatchisi kimligini aniqladi


AQSh prezidenti rafiqasi Melanya Trampning Oq uydagi xodimlari devoni tarkibiga kirmaydigan vakolatli shaxs bor, deb yozadi “TASS”. Bunga gap Melanyaning opasi — Ines Knaus haqida bormoqda.

CNN telekompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ines singlisining to‘liq vakolatiga ega va uning norasmiy katta maslahatchisidir.

U Nyu-Yorkda Trump Organization biznes-imperiyasining bosh qarorgohi joylashgan va Melanyaning o‘zi Vashingtonga ko‘chib o‘tguncha o‘g‘li bilan birga yashayotgan Trump Tower binosi yaqinida istiqomat qiladi.

CNN aniqlashicha, Ines o‘z shaxsiy hayotining daxlsizligi haqida puxtalik bilan jon kuydiradi. Internetda uning suratlari deyarli umuman yo‘q. U omma oldiga ham deyarli chiqmaydi, Twitter’dagi sahifasini “yopiq” holda tutadi va AQShda o‘tgan yilgi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida ham o‘zining borligini bildirmadi.

Melanya Ogayo shtati Klivlend shahrida Respublikachilar partiyasi yig‘inidagi debyut nutqida Inesni “tengi yo‘q ayol va dugona” deb atagandi.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют