» » Toshkent viloyati bojxonachilari 37,7 ming dollarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarni to‘xtatdi

Toshkent viloyati bojxonachilari 37,7 ming dollarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarni to‘xtatdi


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro T.Q.ning bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Shundan so‘ng xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, ushbu shaxs bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqish uchun 8700 AQSh dollarini kiyimlari ostidan oyoqlarining son qismiga bog‘lab olganligi aniqlandi.

“Bekobod-Avto” chegara bojxona postida esa qo‘shni davlat fuqarosi K.M. shaxsiy ko‘rik davomida bojxonachilar qarshisida yer chizib qoldi. Chunki u ham yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, 10 ming AQSh dollarini cho‘ntaklariga yashirgancha olib chiqmoqchi bo‘lgan ekan.

Shuningdek, mazkur postda bojxonachilar qo‘shni davlat fuqarolaridan yana biri Z.A.ning qing‘ir qilmishlariga nuqta qo‘ydi. Ushbu shaxs boshqaruvidagi Mercedes-Benz 200 rusumli avtomashinaning ko‘zdan kechirish davomida salonga bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan 19 ming AQSh dollari yashirib qo‘yilganligi fosh qilindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 47) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют