» » Huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar yozma ravishda ogohlantiriladi

Huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar yozma ravishda ogohlantiriladi


Vazirlar Mahkamasining qarori bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasalarning mansabdor shaxslari tomonidan chiqariladigan rasmiy ogohlantirish shakli tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Belgilanishicha, rasmiy ogohlantirish profilaktika suhbati ijobiy natija bermagan va shaxs g‘ayriijtimoiy xulq-atvorni yoki huquqbuzarlik sodir etishga moyillikni davom ettirgan hollarda qo‘llaniladi. Huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida bo‘lgan jismoniy shaxs aniqlangan joyning o‘zida tegishli profilaktika organining mansabdor shaxsi tomonidan ushbu shaxsga nisbatan rasmiy ogohlantirish chiqariladi.

Rasmiy ogohlantirish blankasi rasmiylashtirilayotganda shaxsning yonida uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, rasmiy ogohlantirish blankasining tegishli grafalari shaxsning so‘zidan to‘ldiriladi. Rasmiy ogohlantirish blankasi rasmiylashtirilgandan so‘ng mansabdor shaxs va ogohlantirilgan shaxs tomonidan imzolanib, ogohlantirilgan shaxsga beriladi va blankaning qirqib olinadigan qismi mansabdor shaxsda qoladi. Ogohlantirilayotgan shaxs imzo qo‘yishdan bosh tortgan taqdirda rasmiy ogohlantirish blankasiga bu haqda yozib qo‘yiladi.

Mansabdor shaxs rasmiy ogohlantirish chiqarilganligi to‘g‘risida ogohlantirilgan shaxsning ish (o‘qish) joyidagi ma’muriyatga yoki yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga xabar qilishga haqli.

Qaror 2017-yil 13-fevralda kuchga kirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют