» » Samarqandda “Sog‘lom ayol oyligi” doirasida xotin-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Samarqandda “Sog‘lom ayol oyligi” doirasida xotin-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda


Samarqand shahridagi 3-son tug‘ruq kompleks xodimlari tomonidan viloyatning Urgut, Tayloq, Samarqand tumani va Kattaqo‘rg‘on shaharlaridagi ayollarning salomatliklari keng qamrovli, to‘liq chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

O‘tkazilgan ko‘rik davomida shu kungacha 184 ta ayol shifokorlar qabulida bo‘lgan. Shularning 107 nafari feltir yoshidagi ayollar, 52 nafari homilador ayollar, 25 nafar balog‘at yoshidagi qizlarni tashkil etmoqda.

“Malakali akusher ginekolog, neonatolog, terapevt, UTT mutaxassislari, reanimatologlari har haftaning seshanba kunlari viloyatimiz tumanlaridagi xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmoqda. Aniqlangan kasalliklar yuzasiden bemorlar, ayniqsa homilador ayollarga to‘liq statsionar sharoitida davolash ishlari olib borilmoqda. Aholini uyma-uy yurib mustaxkam patronaj xizmatini tashkillashtirish, ularning muammolarini o‘rganish, fertil yoshidagi ayollarni sog‘lomlashtirish, eng muhimi aholini tibbiy madaniyatini oshirish hisoblanadi”, — deydi Samarqand shahridagi 3-son tug‘riq kompleksi bosh vrachi Lola Hamroyeva.

3-son tug‘ruqxona shifokorlari Samarqand shahridagi “Shahriobod”, “Sharq tonggi” va “Sarbadorlar” mahallalarida ham tibbiy tekshiruv ishlarini olib bordi. Ko‘rsatilgan uchta mahalla xonadonlarida 1023 oiladan yashovchi 6014 nafar aholi, jumladan 1361 nafar fertil yoshidagi ayollar, 161 nafar homilador ayollar ko‘rikdan o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют