» » Gibraltarda rossiyalik milliarderning yaxtasi hibsdan ozod etildi

Gibraltarda rossiyalik milliarderning yaxtasi hibsdan ozod etildi


Gibraltarda sudya dunyodagi eng yirik xususiy yaxtani hibsdan ozod etishga ruxsat berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Avvalroq Gibraltarda rossiyalik ishbilarmon Andrey Melnichenkoga tegishli va jahonda eng katta deb hisoblanadigan motor-yelkanli yaxta — “A” qo‘lga olinganligi ma’lum qilingan edi.

Tushunmovchilik hal etildi. Endi yaxta ishlab chiqaruvchilar jamoasiga topshiriladi va yaqin vaqt ichida u Gibraltarni tark etadi.

Yaxta egasi vakili

Yaxta Germaniyaning Nobiskrug kemasozlik korxonasi da’vosiga asosan qo‘lga olingan edi. Bunga buyurtmachi — Valla Yachts Limited kompaniyasi umumiy hisobda 15,3 million yevroga teng qarzdorlikni qoplamaganligi sabab qilib ko‘rsatilgan edi.

“A” jahondagi eng katta motor-yelkanli yaxta hisoblanadi. Uning umumiy uzunligi 142 metrdan ortiq, machtasining balandligi esa 100 metrga yetadi.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют