» » Qoraqalpog‘istonda 6100 dollarni yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

Qoraqalpog‘istonda 6100 dollarni yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o‘tilishiga doir holat fosh qilindi, deb xabar beradi O‘zA Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Axborot xizmatiga tayanib.

Xususan, “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida “Nukus-Beyneo‘” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdida respublikadan chiqib ketayotgan fuqaro M.O.ga tegishli sumka bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yuklar orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan 6100 AQSh dollari yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslarga 5000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.

Chet el fuqarolari esa O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida olib kirgan miqdordagi naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketishlari mumkin.

Belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun Markaziy bankning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar talab etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют