» » Toshkent shahar IIBB jurnalistlar uchun haftalik brifinglarni yo‘lga qo‘yadi

Toshkent shahar IIBB jurnalistlar uchun haftalik brifinglarni yo‘lga qo‘yadi


Toshkent shahar IIBB rahbariyatining OAVlar vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarmaning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini barcha darajalarda kengaytirish masalalari muhokama etildi. 

Xususan, telekanallar, bosma va internet nashrlar vakillarini boshqarma faoliyatiga oid yangiliklar bilan muntazam tanishtirib borish uchun haftalik brifinglarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Mazkur muloqotlar davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishi imkoniyati yaratiladi. 

Shuningdek, OAV vakillari ichki ishlar xodimlarining kundalik faoliyati — reydlar, tezkor tadbirlarda ishtirok etishga ham taklif etildi. Bu choralar aholiga IIBB ish uslubi va samaradorligi haqida birinchi manbaning o‘zidan axborot olish, olib borilayotgan ishlar haqida bevosita tasavvurga ega bo‘lishiga ko‘mak berishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют