» » Toshkent pedagogika universitetiga o‘qishga kiritish uchun 10 ming dollar olgan ayol ushlandi

Toshkent pedagogika universitetiga o‘qishga kiritish uchun 10 ming dollar olgan ayol ushlandi


Toshkent shahrining Mirobod tumani IIBga 19-sentabr kuni ikki yil avvalgi firibgarlik holati haqida murojaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2016-yil sentabr oyida Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi X.X. ismli ayol test sinovlarida past ball to‘plagan tanishi, Yakkasaroy tumanida yashovchi G.S.ni Toshkent Davlat pedagogika universitetiga apellyatsiya tartibida o‘qishga kirish masalasini hal qilib berishini aytib, undan 10 ming AQSh dollari oladi.

Va’dani bajarmagan va pullarni ham qaytarmagan X.X. qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют