» » Pilates nima va u qanday foyda beradi?

Pilates nima va u qanday foyda beradi?


Pilates — amerikalik sport mutaxassisi Yozef Pilates tomonidan gospitalda davolanayotgan yarador askarlar reabilitatsiyasi uchun ishlab chiqilgan mashqlar majmui. Ushbu mashqlar korset rolini bajaruvchi va tananing normal joylashuvini mahkamlovchi muskullarni mustahkamlaydi. Fizioterapevtlar ushbu tizimni umurtqa pog‘onasi shikastlanishini boshidan kechirgan odamlarga reabilitatsiya dasturi sifatida tavsiya qiladi. Pilates, shuningdek, homilador ayollarga ham tavsiya etiladi, chunki u tug‘ruqdan avval ham, keyin ham muhim rolni bajaruvchi bel va qorin mushaklarini sezilarli ravishda mustahkamlaydi.

Pilatesda ketma-ketlik bilan barcha muskullarga ishlov beriladi, shuningdek, kuch va cho‘zilish mashqlari uyg‘unlashtiriladi. Mashg‘ulotlar sog‘lomlashtiruvchi ta’sirga ega: organizmning barcha tizimlari ahvolini yaxshilaydi, stressni yo‘qotadi, tanadagi og‘riqlardan xalos etadi, uyquni normallashtiradi, travma oqibatlarini bartaraf etadi. Albatta, pilates qomatni ham to‘g‘rilaydi, ortiqcha vaznga qarshi kurashadi.

Pilates bilan jinsi, yoshi, jismoniy tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, barcha shug‘ullanishi mumkin. Bilimdon pilates murabbiyi birinchi navbatda mashg‘ulotga yangi kelgan kishining salomatligi va tanasining o‘ziga xos jihatlarini hisobga oladi, so‘ng shunga mos dastur tuzadi.

Sezilarli natijalarga erishish uchun pilates to‘g‘ri va chuqur nafas olish, mashqlarning to‘g‘ri bajarilishiga e’tibor qaratish, harakatlarni tanaffussiz ravon bajarish va muntazam shug‘ullanish kabi prinsiplarga asoslanadi. Pilates yordamida harakatlaringiz latif va uyg‘un bo‘ladi, o‘z tanangizni his qilish va to‘g‘ri nafas olishni, shuningdek, yomon kayfiyat va salbiy fikrlardan ozod bo‘lishni o‘rganasiz.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 12:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют