» » Bishkekda ShHTga a’zo davlatlar Qishloq xo‘jaligi vazirlari yig‘ilishi o‘tkazildi

Bishkekda ShHTga a’zo davlatlar Qishloq xo‘jaligi vazirlari yig‘ilishi o‘tkazildi


Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida ShHTga a’zo davlatlar Qishloq xo‘jaligi vazirlarining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri N.Murashev, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari S.Xodjayev, Hindiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi departamenti kotibi D.Chaturvedi, Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rejalashtirish va tahlil departamenti direktori S.Moldabayeva, Xitoy Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligi Bosh agronomi Ma Aygo, Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi Hamkorlik departamenti direktori o‘rinbosari I.Gerashenko ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha ShHT hamkorlik dasturi loyihasi ma’qullandi. Uni 2018-yilning 11—12-oktabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashi doirasida imzolashga kelishib olindi.

Shuningdek, yig‘ilishda 2010-yilning 11-iyunida Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida imzolangan Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha 2018—2019-yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют