» » Olimlar baliq ovlovchi beshiktebratarni aniqladi

Olimlar baliq ovlovchi beshiktebratarni aniqladi


Biologlar Hindistonda beshiktebratarlarning g‘aroyib populyatsiyasini aniqladi. Ular boshqa hashorotlarni emas, daryo va ko‘llarning yuzasiga suzib keladigan baliqlarni ovlaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, beshiktebratarlar aniq turdagi o‘lja, ayniqsa, oson tutiladigan o‘ljani uchratish mumkin bo‘lgan joyni eslab qola oladi. Bu esa ularga yashab qolish va “baliqli joylarga” qaytish imkonini beradi. Keyingi kuzatuvlar buning qanchalik haqiqat ekanligini ko‘rsatadi.

Beshiktebratarlar Yerdagi eng yirik yirtqich hashorotlar turiga kiradi. Ular nafaqat umurtqasiz hayvonlarni, balki kichkina kaltakesaklar, qurbaqalar va qushlarni ovlaydi.

Bu hasharotlarning qiziqarli tomoni shundaki, urg‘ochi hashorot juftlashish vaqtida erkagini yeb qo‘yishi va shu tariqa kelgusi avlodi uchun oqsilni zaxira qilishi mumkin. Beshiktebratarlarning ko‘plab turlariga taalluqli erkaklari murakkab strategiya ishlab chiqqan bo‘lib, turli o‘zlashtirish darajasi bilan urg‘ochilarni ularni juft sifatida qabul qilishga majbur qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют