» » Malayziya politsiyasi Kim Chon Namning o‘limida KXDR elchixonasi xodimini gumon qilmoqda

Malayziya politsiyasi Kim Chon Namning o‘limida KXDR elchixonasi xodimini gumon qilmoqda


KXDR yetakchisining akasi Kim Chon Namning o‘limi bilan bog‘liq ishda yangi gumonlanuvchilar, jumladan, KXDRning Malayziyadagi elchixonasi xodimi va Shimoliy Koreya aviakompaniyasi Air Koryo’ning xodimi paydo bo‘ldi. Bu haqda qirollik milliy politsiyasi rahbari Xolid Abu Bakir ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Ular haqiqatan ham mazkur ishga aloqador deb hisoblaymiz. Shimoliy Koreya elchixonasidan bizga yordam ko‘rsatib, elchixona xodimini topshirishni talab qilamiz.

Xolid Abu Bakir, Malayziya milliy politsiyasi rahbari

U, shuningdek, KXDRning Malayziyadagi elchixonasi Kim Chon Namning o‘limi bo‘yicha surishtiruvda hech qanday yordam ko‘rsatmayotganligini ma’lum qildi.

Hozirda to‘rt nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Politsiya yana to‘rt nafar gumonlanuvchi allaqachon Pxenyanda ekanligini taxmin qilmoqda.

Ikki qiz zaharni yuzga surish uchun tayyorgarlikdan o‘tgan deb hisoblaymiz. Ularga zaharli suyuqlikni KXDRning gumonlanuvchi to‘rt nafar fuqarosi bergan. Ular ushbu moddaning zaharli ekanligini bilgan. Biz hozircha bu qanday zahar bo‘lganligini aniqlay olmadik.

Xolid Abu Bakir, Malayziya milliy politsiyasi rahbari

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют