» » O‘zbekistonda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi komissiyani tashkil etiladi

O‘zbekistonda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi komissiyani tashkil etiladi


“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Hujjjatga muvofiq, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti komissiyaning ishchi organi xisoblanadi.

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xavflarni baholash bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar ko‘rish;

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

FATF tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilishni ta’minlash;

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют