» » Andijon viloyatidagi kichik sanoat zonalarida 300 mlrd so‘mlik ishlab chiqarishlar tashkil etiladi

Andijon viloyatidagi kichik sanoat zonalarida 300 mlrd so‘mlik ishlab chiqarishlar tashkil etiladi


Andijon viloyatida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida qo‘shimcha ravishda kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini Andijon viloyatining kichik sanoat zonalariga jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hududda Andijon (1,1 ga), Shahrixon (30 ga), Qo‘rg‘ontepa (0,8 ga) va Baliqchi tuman kichik sanoat zonalari (4,8 ga) tashkil etiladi.

KZSlar hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddat bilan uzoq muddatli ijaraga, keyinchalik ularga, biznes rejalari bajarilgan, ish o‘rinlari tashkil etilgan va saqlab qolingan, barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida to‘langan taqdirda mulk huquqi beriladi.

Andijon viloyati hududida faoliyat ko‘rsatayotgan va yangidan tashkil etilayotgan KSZlarda 2018—2019-yillarda umumiy qiymati 300 milliard so‘m bo‘lgan, importning o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini chiqaradigan ishlab chiqarishlar tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют