» » O‘zbekistonda notariuslarning 2018-yil 1-yarim yilligidagi ish faoliyati tahlil qilindi va ularning reytingi tuzildi

O‘zbekistonda notariuslarning 2018-yil 1-yarim yilligidagi ish faoliyati tahlil qilindi va ularning reytingi tuzildi


Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari ichida birinchilardan bo‘lib, Respublikadagi barcha davlat notarial idoralari notariuslarining ish faoliyati sifati baholandi hamda uning natijalari e’lon qilindi.

Baholash notariuslarning 2018-yil 1-yarim yillikdagi ish faoliyatini qamrab olgan holda o‘tkazildi.

Sifatni baholashda notarius tomonidan rasmiylashtirilgan notarial harakatlar soni va sifati, aholiga xizmat ko‘rsatishda qulaylik va tezkorlikning ta’minlanganliligi, faoliyatidagi yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘lami, kasbiy vazifalarini bajarish darajasi hamda sohani rivojlantirishdagi faolligi hisobga olindi. Sifatni baholash har bir ko‘rsatkich bo‘yicha belgilangan mezonlar asosida jami 100 ballgacha tizimda amalga oshirildi.

Sifatni baholash natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarga qarab barcha notariuslar va hududlar reytingi tuzildi.

Respublika bo‘yicha 651 nafar notariuslardan

28 nafarining ish faoliyati “a’lo”,

268 nafariniki “yaxshi”,

278 nafariniki “qoniqarli”

va 77 nafariniki esa “qoniqarsiz” deb baholandi.

Notariuslar reytingining to‘liq ro‘yxati bilan www.minjust.uz/uz/press-center/announcement/90106/ havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

Notariuslar ish faoliyatini baholash natijalari hududlar kesimida tahlil qilinib, ularda faoliyat yuritayotgan notariuslar soniga taqsimlash orqali hududlar reytingi ham tuzildi.

Hududlar reytingida Toshkent, Navoiy va Xorazm viloyatlari yuqori o‘rinlarni, Toshkent shahri, Jizzax va Buxoro viloyatlari esa so‘nggi o‘rinlarni egalladi.

Notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan notarial harakatlar hajmi, murakkab turdagi va sayyor tartibda tasdiqlangan notarial harakatlar soni hamda notariuslarning tashabbuskorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham alohida reytinglar shakllantirildi.

Respublika bo‘yicha eng ko‘p notarial harakatlar Yakkasaroy tuman 1-son DNI notariusi G‘. Eshmonov (49 433 ta), Shayhontohur tuman 4-son DNI notariusi T. Usmanov (31 590 ta) va Yakkasaroy tuman 2-son DNI notariusi G. Yakubova (28 317 ta) tomonidan amalga oshirilgan.

Murakkab turdagi (garov, ipoteka shartnomalari va meros) notarial harakatlari bo‘yicha:

Eng ko‘p merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma Uchtepa tuman 7-son DNI notariusi D. Kurbanova (318), Yangiqo‘rg‘on tuman DNI notariusi  Yu. Sotimov (289 ta) va Andijon shahar 1-son DNI notariusi A. Sherbayev

(280 ta) tomonidan;

Eng ko‘p garov shartnomalari Buvayda tuman davlat notarial idorasi notariuslari I. Ismailov (1 858 ta), L. Gulomov (1 112) va Shayxontohur tuman 7-son DNI notariusi I. Mustafayeva (718) tomonidan;

Eng ko‘p ipoteka shartnomalari Qarshi shahar 3-son DNI notariusi Yu. Uzakov (521 ta), Farg‘ona shahar 6-son DNI notariusi A. Ashurov (274 ta) va Qarshi shahar 6-son DNI notariusi K. Xurramov (262 ta) tomonidan rasmiylashtirilgan.

Notarial xizmatlarni ko‘rsatishda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 413 nafar notariuslar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarida aholi xonadonlariga chiqib 12 218 ta sayyor notarial harakatlar amalga oshirilgan.

Eng ko‘p sayyor notarial harakatlar Kattaqo‘rg‘on tuman 1-son DNI notariusi Sh. Raximov (172 ta), Buxoro shahar 9-son DNI notariusi E. Sherov (139 ta) va Samarqand shahar 10-son DNI notariusi K. Jo‘rayev (138 ta) tomonidan rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, tahlil qilingan davrda notariuslar tomonidan 4 256 ta huquqiy targ‘ibot va boshqa tadbirlar o‘tkazilgan hamda sohani rivojlantirish yuzasidan 383 ta takliflar kiritilgan.

Respublika bo‘yicha 27 nafar notariuslarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan kelib tushgan shikoyatlardagi vajlar o‘z tasdig‘ini topgan va notariuslarga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Baholash natijalariga ko‘ra, ish faoliyati “a’lo” baholangan notariuslarni rag‘batlantirish va ish faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan notariuslarning faoliyatini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish belgilandi.

Notariuslar ish faoliyati har yarim yil yakuni bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan baholanib, yangilangan reyting OAVlarda e’lon qilib boriladi.

Davlat notarial idoralari notariuslari faoliyati sifatini baholash bo‘yicha takliflar, sohadagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan murojaatlarni Adliya vazirligiga bevosita “1008” ishonch telefoni yoki vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali hamda info@minjust.gov.uz elektron pochtasiga yo‘llash mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют