» » XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari sovrindorlarining ustozlariga ham mukofot pullari beriladi

XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari sovrindorlarining ustozlariga ham mukofot pullari beriladi


Bugun, 21-sentabr kuni Toshkentdagi Milliy olimpiya qo‘mitasida Indoneziyada bo‘lib o‘tgan XVIII Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarning murabbiylariga qancha miqdorda mukofot pullari berilishiga oydinlik kiritdi. Aripovga ko‘ra, shogirdlari Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan medaliga qarab quyidagicha mukofot puliga ega bo‘ladi:

Eslatib o‘tamiz, Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘lgan sportchi 5000 dollar miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘lgan bo‘lsa, kumush medalini qo‘lga kiritgan sportchi 3000 dollar mukofot bilan taqdirlandi. Bronza medali sohiblariga esa 2000 dollar mukofot pullari topshirildi.?

Ma’lumot uchun, XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 30 ta sport turi bo‘yicha 232 nafar sportchi himoya qildi. Shundan 21 nafar sportchi oltin, 24 sportchi kumush va 25 nafar sportchi bronza medalni qo‘lga kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют