» » Tramp va Putin yana Time jurnali muqovasidan joy oldi

Tramp va Putin yana Time jurnali muqovasidan joy oldi


Amerikaning Time jurnali muharriri Den Styuart Twitter’da jurnalning oktabrdagi soni muqovasini e’lon qildi, unda Vladimir Putin va Donald Tramp aks etgan, deb yozadi “RIA Novosti”.

Muqovada ochib tashlangan matryoshkani ko‘rish mumkin. Uning eng katta qismiga Amerika prezidentining rasmi tushirilgan. Matryoshkaning undan keyingi kichikroq qismlarida rossiyalik tadbirkor Viktor Vekselberg va amerikalik siyosatchi Pol Manafortni ko‘rish mumkin. Vladimir Putin o‘yinchoqning eng kichik bo‘lagiga chizib qo‘yilgan.

“Barcha shoh lashkarlari. Putin oligarxlarining Tramp jamoasiga tushib qolishi haqida” — jurnalning oktabrdagi soni, Styuartning ma’lum qilishicha, ana shunday sarlavha bilan chiqadi.

Time’ning navbatdagi soni 2016-yil AQSh prezidenti saylovlari chog‘idagi Moskva va Vashingtonning o‘zaro siyosiy aloqalariga bag‘ishlanishi kutilmoqda.

Avvalroq Amerikaning Time jurnali o‘z muqovasiga Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning birlashtirilgan portretini joylashtirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют