» » Toshkentda Matiz va Lacetti’ni haydab qochgan shaxs aniqlandi. Mashinalar texnik soz holda topilib egasiga qaytarildi

Toshkentda Matiz va Lacetti’ni haydab qochgan shaxs aniqlandi. Mashinalar texnik soz holda topilib egasiga qaytarildi


Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 20-sentabr kuni noma’lum shaxs Yangi Beltepa dahasida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan A.U.ga tegishli Matiz rusumli avtomashinani haydab qochgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Bezumno.ru”

Ko‘rilgan choralar natijasida avtomashina Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek va Shukur Burxonov ko‘chalari chorrahasida ushlanib, ushbu jinoyatni Shayxontohur tumanida yashovchi muqaddam sudlangan O.A. sodir etganligi aniqlangan.

Tergov jarayonida ushbu shaxs shu yil 15-sentabr kuni Yunusobod tumanida Yunus ota ko‘chasida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan H.A.ga tegishli Lacetti avtomashinasini ham haydab qochganligi ma’lum bo‘ldi. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Sergeli tumanida joylashgan avtomashina bozori hududidan texnik soz holda topilib egasiga qaytarilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют