» » M.K.Gandining “Mening hayotim” kitobi o‘zbek tilida nashr etildi

M.K.Gandining “Mening hayotim” kitobi o‘zbek tilida nashr etildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga safari oldidan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi munosib tuhfa hozirladi. Bu haqda “Daryo”ga Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Hind xalqining ozodligi va mustaqilligi uchun kurashgan davlat va jamoat arbobi Mohandas Karamchand Gandining “Mening hayotim” kitobi nashr etildi. Ushbu kitob jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.

“‘Mening hayotim’ tarjimayi hol kitobi. Ammo u muallif hayotigagina chizgilar bermaydi, balki tarjimayi hol bahonasida Gandi o‘zining butun dunyoqarashini, hayotda ko‘zlagan maqsadlarini oshkora va holisona ifodalab beradi. M.Gandi o‘zining kechinmalariga boy hayoti bilan Hindiston xalqi uchungina emas, balki butun dunyo xalqlari uchun namuna bo‘lib qoldi”,  — deyiladi xabarda.

Nashriyot-matbaa ijodiy uyida hind adabiyotining asoschilaridan Robindranat Tagorning 8 jildlik asarlari ham nashrga tayyorlanmoqda.

Bu majmua oxirgi marta 1953-yilda o‘zbek tilida chop etilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют