» » JCh—2006 chempioni futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

JCh—2006 chempioni futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi


Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alberto Jilardino futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.

36 yoshli hujumchi endilikda bor diqqat-e’tiborini murabbiylik faoliyatiga qaratishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Jilardinoning so‘nggi klubi “Spetsiya” bo‘ldi. U, shuningdek, “Milan”, “Parma” va “Fiorentina” klublaridagi ishtiroki bilan ham muxlislarga yaxshi tanish.

Alberto Italiya terma jamoasi safida 56 ta uchrashuv o‘tkazib, 19 ta gol urishning uddasidan chiqqan. 2006-yilda esa terma jamoa tarkibida Jahon Chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют