» » Toshkentda sakkizta kichik sanoat zonasi tashkil qilinadi

Toshkentda sakkizta kichik sanoat zonasi tashkil qilinadi


Toshkent shahar hokimligi Prezidentning “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqdi, deb yozadi Norma.

Loyihaga ko‘ra, kichik sanoat zonalarini yaratish uchun poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Olmazor, Mirobod, Chilonzor, Yunusobod, Bektemir va Uchtepa kabi sakkizta tumanida joylashgan hududlar va obyektlarni ajratish rejalashtirilmoqda.

Ko‘rsatilgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga 10 yillik muddatga ijaraga beriladi. Barqaror o‘sish sur’atlari kuzatilsa, loyihalarni amalga oshirish haqidagi kelishuv shartlari bajarilsa, barcha soliq va to‘lovlar vaqtida to‘lansa, muddat yana shuncha vaqtga avtomatik tarzda uzaytiriladi.

Shuningdek, hujjatda ijara haqining imtiyozli stavkalari belgilangan.

Bundan tashqari, tijorat banklari investitsiya loyihalarini tegishli zonalarda amalga oshirayotgan tashkilotlarga muddati kamida yetti yillik, imtiyozli davri 24 oylik imtiyozli kreditlarni ajratadi.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют