» » Yil boshidagi tanqidiy fikrlardan keyin notariat sohasida o‘zgarishlar bo‘ldimi?

Yil boshidagi tanqidiy fikrlardan keyin notariat sohasida o‘zgarishlar bo‘ldimi?


Adliya idoralarining 2017-yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida vazir Ruslanbek Davletov notariat sohasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlarni qattiq tanqid qilgan edi. Jumladan, notariat aholidan eng ko‘p e’tiroz tushayotgan soha ekani ta’kidlanib, fuqarolar bilan ishlashda hanuzgacha qo‘pol muomalada bo‘lish, ularni sarson qilish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ortiqcha pul mablag‘larining undirilishi kabi holatlar bilan murosa qilib bo‘lmasligi aytilgandi, deb yozadi O‘zA.

Yil boshida aytilgan bu kabi tanqidiy fikrlardan keyin notariat sohasida o‘zgarishlar bo‘ldimi?

Ayni paytda adliya tizimidagi har bir faoliyat ochiqlik va shaffoflik asosida tashkil etilibgina qolmay, har bir xodimdan xalqqa qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib xizmat qilish talab etilmoqda. Soha xodimlarining ishlari aholi tomonidan bildirilgan fikrlar, maxsus baholash tizimi orqali qo‘yilgan ballar orqali sarhisob qilib borilmoqda. Yaqinda notariuslarining ish faoliyati bilan bog‘liq ana shunday sarhisob natijalari e’lon qilindi.

Baholash davomida notarius tomonidan rasmiylashtirilgan notarial harakatlar soni va sifati, aholiga xizmat ko‘rsatishda qulaylik va tezkorlikning ta’minlanganligi, faoliyatidagi yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘lami, kasbiy vazifalarini bajarish darajasi hamda sohani rivojlantirishdagi faolligi hisobga olindi. Baholash har bir ko‘rsatkich bo‘yicha belgilangan mezonlar asosida 100 ballgacha bo‘lgan tizimda amalga oshirildi.

Sifatni baholash natijalariga ko‘ra, to‘plangan ballarga qarab barcha notariuslar va hududlar reytingi tuzildi. Respublika bo‘yicha 651 nafar notariusdan 28 nafarining ish faoliyati “a’lo”, 268 nafariniki “yaxshi”, 278 nafariniki “qoniqarli” va 77 nafariniki esa “qoniqarsiz”, deb topildi.

Ish faoliyati “a’lo” deb topilgan notariuslarga Zangiota tumanidagi 7-sonli davlat notarial idorasi notariusi Zulfiya Usmonova yetakchilik qildi. Ish faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan notariuslarning eng quyisidan Mirobod tumani 6-sonli davlat notarial idorasi notariusi Nafisa Maqsudova joy oldi.

Hududlar reytingida Toshkent, Navoiy va Xorazm viloyatlari yuqori o‘rinlarni, Toshkent shahri, Jizzax va Buxoro viloyatlari esa so‘nggi o‘rinlarni egalladi.

Eng ko‘p sayyor notarial harakatlar Kattaqo‘rg‘on tumani 1-sonli davlat notarial idorasiga to‘g‘ri kelgan. Bu ularning aholi ichiga kirib borayotgani, xalqqa yaqinlashganidan dalolatdir. Shuningdek, tahlil qilingan davrda notariuslar tomonidan 4 ming 256 huquqiy targ‘ibot va boshqa tadbirlar o‘tkazilgan.

Respublika bo‘yicha 27 nafar notariusning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan kelib tushgan shikoyatlardagi vajlar o‘z tasdig‘ini topgan va notariuslarga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Baholash natijalariga ko‘ra, ish faoliyati “a’lo” baholangan notariuslarni rag‘batlantirish va ish faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan notariuslarning faoliyatini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi.

Bundan buyon baholash reytingi har olti oyda o‘tkazilib, natijalari e’lon qilib boriladi.

Bu jarayonda barcha ishtirok etib, adliya tizimi faoliyati sifatini baholash bo‘yicha takliflarni, sohadagi qonun buzilishi holatlarini Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni yoki vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali hamda info@minjust.gov.uz elektron pochtasi orqali ma’lum qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 61) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют