A Seriya. “Inter M” bugun o‘ynaydi, “Milan”, “Roma”, “Latsio” va “Yuventus” esa ertaga (Anons)
Kecha, 21-sentabr sanasida “Sassuolo”—“Empoli” uchrashuvi bilan Italiya A Seriyasining 5-tur bellashuvlari boshlandi. Mazkur o‘yinda “Sassuolo” 3:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
Bugun, 22-sentabr kuni esa tur doirasida uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Jumladan, “Parma” o‘z uyida “Kalyari”ni qabul qilsa, SPAL esa “Fiorentina” maydoniga safar qiladi. Milanning “Inter” klubi YChLning “Tottenhem”ga qarshi o‘yinidan keyingi raqibi esa “Sampdoriya” bo‘ladi. “Sampdoriya”—“Inter M” bahsi bugun 23:30 da boshlanishi belgilangan.
“Milan”, “Roma”, “Latsio” va “Yuventus” esa o‘z uchrashuvlarini ertaga o‘tkazadi.
A Seriya
5-tur bellashuvlari
21-sentabr, juma
Gollar: 0:1 – 1 Kaputo, 1:1 – 13 Boateng, 2:1 – 57 Ferrari, 3:1 – 85 Di Franchesko.
22-sentabr, shanba
23-sentabr, yakshanba
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
- отсутствуют
- отсутствуют