» » Muzlikning falokatli erishi namoyish etildi

Muzlikning falokatli erishi namoyish etildi


DigitalGlobe sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan videoda Vavilov gumbazi muzligining shiddat bilan erishi namoyish etildi. Muzlik har kuni 30 santimetrli muz qatlamini yo‘qotmoqda. Olimlar jarayonning bunday tezlik olishini oldindan ayta olmagan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Vavilov gumbazi muzligining erishi 2010-yilda qayd etilgan. O‘shanda uning yuqori qismi dengiz tomonga harakatlanayotgani qayd qilingan.

Biroq hozir jarayon bir necha marta tezlashgan, muz palaxsasi sutkasiga 5—10 metr tezlikda dengizga intilmoqda.

Sabab sifatida muzlikning ikki qismi bir-biriga ishqalanishi qaralmoqda. Buning oqibatida ko‘p miqdorda suyuqlik hosil bo‘lib, jarayonga ortga qaytmas xarakter bermoqda.

Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, muzlik 4,5 milliard kubometr muz yo‘qotadi. Bu dunyo okeani sathi ko‘tarilishi bilan bog‘liq prognozlarni haqiqatga aylantirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют