» » Britaniyalik biologlar gripp virusining yangi xususiyatini aniqladi

Britaniyalik biologlar gripp virusining yangi xususiyatini aniqladi


Britaniyalik biologlar gripp virusi po‘stlog‘ining alohida qismini ochdi va undan bu kasallikka qarshi yana bir universal vaksinani yaratishda foydalandi. Bu qismning tuzilishi yarim asr davomida o‘zgarmagan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Bunday yondashuvni nafaqat grippga qarshi yangi vaksina yaratishda qo‘llash, balki hozircha yetarlicha kurashib bo‘lmayotgan kasalliklar bilan ham kurashishda ishlatish mumkin. Qisqa vaqt ichida yangi vaksinalarni yaratishda inqilob bo‘lishi mumkin.

Har yili gripp epidemiyasi yuz minglab kishilarni hayotdan olib ketadi. Virusning uch xil turi — A, B va C borligi unga qarshi kurashni murakkablashtiradi.

Shuning uchun aynan qaysi tur yaqin vaqt ichida keng tarqalishini taxmin qilish qiyin. Bundan tashqari, emlash faqat bitta yoki bir necha virus turiga qarshi immunitet ishlab chiqishga imkon beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют