» » Tataristonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

Tataristonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi


Joriy yil 27-sentabr — 2-oktabr kunlari Tataristonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi.

Madaniyat vazirligiga ko‘ra, Tataristonning Musa Jalil nomidagi opera va balet teatrida O‘zbekistonning 35 nafardan ziyod madaniyat va san’at vakili tomonidan katta konsert namoyish etiladi.

Madaniyat kunlari doirasida badiiy va foto ko‘rgazma ham tashkil etiladi. Unda musavvirlar, fotorassomlarning O‘zbekistondagi an’ana va qadriyatlar, go‘zal tabiat manzaralari aks etgan ijodiy ishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, ijodiy muloqotlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют