» » Farg‘onada 3 ta avtomobil to‘qnashuvida 3 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi

Farg‘onada 3 ta avtomobil to‘qnashuvida 3 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi


Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani hududidan o‘tgan “Navbahor—Uch uy—Oltiariq—Vodil” avtomagistralida 22-sentabr kuni 6:00 atrofida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida “VAZ-2106” va boshqa bir Lacetti bilan to‘qnashdi. “VAZ-2106” va ikkinchi Lacetti yo‘l chetidagi ariqqa qulab tushib ketdi, Lacetti yonib ketgan.

YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi turli darajadagi tan jarohatini oldi.

Jarohatlanganlar Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Hodisa yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют