» » Toshkentda relsdan chiqib ketib, uyning devorini buzgan ikki vagon qarovsiz qoldirilgani sabab yurib ketgani ma’lum qilindi

Toshkentda relsdan chiqib ketib, uyning devorini buzgan ikki vagon qarovsiz qoldirilgani sabab yurib ketgani ma’lum qilindi


Toshkentda 21 sentyabr kuni yuk poyezdining ikki vagoni relsdan chiqib ketib, ag‘darilgan va temiryo‘lga yondosh imoratlarning devorlarini buzib yuborgan edi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi hodisa yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan o‘tgan “Hamza” temiryo‘l bekatining qo‘shimcha yo‘lida turgan, teplovozi bo‘lmagan besh dona yuk vagonlari qarovsiz qoldirilishi hamda vagon g‘ildiraklari ostiga qo‘yilgan g‘ildiraklarni ushlab turuvchi moslama to‘liq qotirilmaganligi sababli, bo‘sh turgan ikki vagon yurib ketgan.

“Vagonlar temiryo‘l izidan chiqib ketishi natijasida Farg‘ona yo‘li 7-tor ko‘chasidagi uyning devoriga borib urilgan. Jarohat olgan fuqarolar yo‘q. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют