» » Oliy Majlis huzuridagi fond 2017-yilda NNT va OAV uchun 5 ta tanlov o‘tkazadi

Oliy Majlis huzuridagi fond 2017-yilda NNT va OAV uchun 5 ta tanlov o‘tkazadi


Qonunchilik palatasida Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda.

Yig‘ilishda fondning 2016-yilgi faoliyati sarhisobi eshitildi hamda 2017-yildagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

O‘tgan yili davlat budjeti mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan jamlangan 12,2 milliard so‘m parlament komissiyasining qarorlari asosida davlat grantlari, davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida ajratildi. Ular nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 275 ta loyiha va dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirildi.

Yig‘ilishda 2017-yilda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari loyiha va dasturlarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash shakllari, mablag‘lar miqdori va ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bosh yo‘nalish qilib belgilandi. Shu maqsadda 2017-yilda respublika budjetidan 12 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Parlament komissiyasi a’zolari davlat budjetidan ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘ning 5 milliard 330 million so‘mini NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari loyihalarini davlat grantlari shaklida qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish hamda buning uchun yil davomida 5 ta tanlov o‘tkazishga kelishib oldi.

NNT va fuqarolik jamiyati institutlarining yirik ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan aniq umumijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan loyihalariga davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish uchun 2,4 milliard so‘m ajratiladi. Yetakchi jamoat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashga 4 milliard 270 million so‘m yo‘naltiriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют