» » “Navbahor” ayol muxlisalar uchun o‘z stadionidan bepul sektor ajratdi

“Navbahor” ayol muxlisalar uchun o‘z stadionidan bepul sektor ajratdi


Namanganning “Navbahor” klubi futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Navbahor – Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi bellashuvni bevosita stadionda tomosha qilishni xohlagan ayollar uchun maxsus qulaylik yaratdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Gap shundaki, klub rahbariyati jamoaning ayol muxlisalari uchun “Navbahor”ning uy stadioni bo‘lmish “Markaziy” o‘yingohidan maxsus 15-sektorni ajratib berdi. Endilikda ular uchrashuvni bepul to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib borish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Navbahor” – “Metallurg” o‘yini ertaga, 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs 20:00 da boshlanishi belgilangan.

Avvalroq “Navbahor” klubi “Navbahor” – “Paxtakor” bellashuvidagi mahalliy muxlislarning tartibsizliklari tufayli 27 nafar muxlisni jazolagan edi. Jazoga ko‘ra, tartibsizlik uyushtirgan muxlislar “Markaziy” stadioniga kiritilmaydi. Oradan biroz muddat o‘tgach, PFL ham o‘yinda yuz bergan holatni o‘rganib chiqdi. Natijada “Navbahor” klubiga 25 million so‘m jarima solindi. Bundan tashqari agar yana shunday tartibsizliklar sodir bo‘lsa, jamoa uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazishi mumkinligi borasida ogohlantirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют