» » Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydonida bepul gala-konsert uyushtiriladi

Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydonida bepul gala-konsert uyushtiriladi


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashabbusi bilan 29-sentabr kuni Toshkentdagi “Xalqlar Do‘stligi” san’at saroyi oldidagi bayroq ostida jonli ijroda gala konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, konsert xalq sayli tarzida o‘tkazilib, uni tomosha qilish bepul bo‘ladi.

“Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan, jonli ijro etishni yaxshi ko‘radigan, san’atsevar o‘zbek xalqiga o‘z qo‘shiqlarini taqdim etishni istagan barcha xonandalar ushbu konsert dasturida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun muassasaga kelib uchrashishlari kerak bo‘ladi. Ayni damda unda yoshlar qo‘shiqlarini sevib tinglaydigan 10 nafar estrada xonandasi ishtirok etish istagini bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, ushbu konsert dasturi 29 sentyabr kuni, soat 19:00 da boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют