» » Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 3 mlrd dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 3 mlrd dollar ajratadi


Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston hukumatiga 3 milliard dollar taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bankning mamlakatdagi vakolatxonasi ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

“OTB O‘zbekiston bilan yangi 5 yillik sherikchilik strategiyasini tayyorlamoqda. Bank keyingi uch yil mobaynida har yili 1 milliarddan ajratishni rejalashtirmoqda”, — deyiladi bank matbuot xizmati xabarida.

Mablag‘ 2019—2023-yillardagi yangi sherikchilik strategiyasi doirasida ajratiladi.

Kreditlar suv ta’minoti va sanitariyani yaxshilash, sog‘liqni saqlash, transport infrastrukturasi va energetika sektorini rivojlantirish, qishloq joylarida ish o‘rinlari yaratish hamda O‘zbekiston rasmiylari islohotlarini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

Ma’lumot uchun, OTB vitse-prezidenti Vensay Jang hukumat bilan sherikchilik strategiyasini muhokama qilish uchun ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют