» » Shahram G‘iyosov Xulio Lagunani 4-raunddayoq nokautga uchratdi

Shahram G‘iyosov Xulio Lagunani 4-raunddayoq nokautga uchratdi


Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov o‘zining navbatdagi jangini Britaniyadagi “Uembli” stadionida o‘tkazdi.

Shahramga bugungi jangda nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qildi. O‘zbekistonlik bokschi raqibini 4-raundda nokautga uchratib, jangni muddatidan avval o‘z foydasiga hal qildi. Shu tariqa uning prof ringdagi g‘alabali janglar seriyasi 5 taga yetdi.

Ma’lumot uchun, G‘iyosov shu kungacha prof ringda to‘rt marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g‘alaba qozongandi (3 tasi nokaut). Laguna esa 14 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgandi. 10 ta jangni muddatidan oldin yakunlashga erishgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadigan jang oqshomining asosiy to‘qnashuvi Entoni Joshua va Aleksandr Povetkin o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют