» » Buxoroda “Turkiyadan kelgan tovar” bahonasida 152 mln so‘mni o‘zlashtirgan ayol ushlandi

Buxoroda “Turkiyadan kelgan tovar” bahonasida 152 mln so‘mni o‘zlashtirgan ayol ushlandi


20-sentabr kuni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida yashovchi N.S. yirik miqdordagi firibgarlik holati yuzasidan IIBga murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yil oktabr oyidan 2018-yil aprel oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘zini “Akramova Mavluda” deb tanishtirgan noma’lum ayol Turkiyadan katta miqdorda tovar kelganligi, ularni olib sotganidan so‘ng tushgan foydani bo‘lishishini aytib, 152 million so‘m oladi. Garov tariqasida M.Akramovaga tegishli bo‘lgan uyning kadastr hujjatlarini berib, va’dasini bajarishni xayoliga ham keltirmaydi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro shahrida yashovchi muqaddam sudlangan N.H. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют