» » Isroil bosh vazirining oilasi iti uchun professional enaga izlamoqda

Isroil bosh vazirining oilasi iti uchun professional enaga izlamoqda


Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning oilasi Kayya laqabli itini parvarish qilish va sayr qildirish uchun professional enaga izlamoqda. Bu haqda Isroilning Vesty gazetasiga asoslanib, xabar bermoqda “TASS” .

“Isroil bosh vazirining o‘g‘li Avner Instagram’dagi sahifasiga Kayya laqabli itini sayr qildiradigan mutaxassisni izlayotgani haqida e’lon berdi”, – deyiladi gazeta xabarida. Itlar bo‘yicha mutaxassis Netanyaxu oilasiga bir haftaga – bosh vazir oilasi bilan tashrif yuzasidan Singapur va Avstraliyada bo‘lib turganida kerak bo‘ladi.

“U yuvosh va tishlamaydi”, – deb Avnerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Vesty gazetasi. Nashrning qayd etishicha, bosh vazirning o‘g‘li avval boshqa mehmonlar va o‘zini tishlagan it hozirda o‘zini namunaviy tutayotganiga sha’ma qildi.

Qariyb bir yil avval Kayya bosh vazir qarorgohida Xanuki – yahudiylarning yorug‘lik bayramini nishonlash vaqtida ikki mehmonni tishlagani uchun 10 kunga “hibsga” olingandi. 2016-yilning iyun oyida Kayya o‘z egasi – Binyamin Netanyaxuni ham tishladi.

Ma’lumot uchun, 10 yashar Kayya 2015-yildan buyon Isroil bosh vaziri oilasida yashaydi. Oddiy kunlarda itni bosh vazirning o‘g‘li sayr qildiradi. Mahalliy OAVning qayd etishicha, bosh vazirning o‘zi ham ba’zida soqchilari ko‘z ostida it bilan sayrga chiqadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют