» » Adliya vazirligi O‘zbekiston notariuslari reytingini e’lon qildi

Adliya vazirligi O‘zbekiston notariuslari reytingini e’lon qildi


Adliya vazirligi O‘zbekiston notariuslari reytingini e’lon qildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Notariuslarning joriy yil 6 oyi davomidagi faoliyati 100 balli tizimda baholangan reytingda notarial harakatlar soni va sifati, aholiga xizmat ko‘rsatish tezkorligi va qulayligi, professional vazifalarni bajarish darajasi hisobga olindi.

Mamlakat bo‘yicha 651 notariusdan 28 nafari “a’lo”, 268 nafari “yaxshi”, 278 nafari “qoniqarli” va 77 nafari “qoniqarsiz” baho oldi.

Hududlar bo‘yicha esa reytingdagi yuqori o‘rinni Toshkent, Navoiy va Xorazm viloyati, quyi o‘rinlarni esa Toshkent shahri, Jizzax va Buxoro viloyatlari egalladi.

Ro‘yxatdagi eng yuqori — 98 ballga Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 7-notarius, eng past — 21 ballga esa Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi 6-notarius loyiq ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют