» » Singapur kompaniyasi O‘zbekistonda gepatit va saratonga qarshi dori vositalari ishlab chiqaradi

Singapur kompaniyasi O‘zbekistonda gepatit va saratonga qarshi dori vositalari ishlab chiqaradi


Singapurning Healthcare PTE farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari S.Bekenov va kompaniya vakillari o‘rtasida ayni masalada muzokara bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi O‘zA.

Healthcare PTE Osiyo mintaqasida yetakchi farmatsevtika kompaniyasi hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniyaning Xitoy, Kambodja, Gonkong, Buyuk Britaniya, Tailand, Filippin va Qozog‘istonda zavodlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Muzokaralar davomida yangi loyiha taqdimoti o‘tkazilgan.

Ushbu loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda 2018-yilning o‘zidayoq O‘zbekistonda kompaniyaning 40 dan ziyod dori va yordamchi vositalarni yetkazib beruvchi distribyutorlik markazi tashkil etiladi.

2019—2020-yillarda mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda mamlakatga kompaniyaning ishlab chiqarish va qadoqlash texnologiyalari keltirilib, gepatit B, C va retroviruslar, saratonga qarshi dori vositalari, biostimulyator va inyeksiyalarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Uchinchi bosqichda, ya’ni 2021—2022-yillardan kompaniyaning barcha turdagi mahsulotlari O‘zbekistonda ishlab chiqariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют