» » Toshkent shahar soliq boshqarmasi xronometraj tushunchasiga izoh berdi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi xronometraj tushunchasiga izoh berdi


“Savdo do‘konimiz yonida joylashgan oshxonaga soliq xodimlari kelib, xronometraj o‘tkazdi. Xronometraj nima, u jarimaga tortadimi?”. Toshkentlik tadbirkorning shunday savoliga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi javob berdi.

Soliq kodeksining 71-moddasiga asosan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda kunlik haqiqatda kelib tushadigan naqd pul tushumini aniqlash maqsadida xronometraj o‘tkaziladi. Masalan, soliq xizmati xodimlari savdo yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasiga kelib, tushum hisobini yuritish uchun ish kuni davomida o‘sha yerda bo‘ladi.

Joriy yil sentabr oyining 20 kuni davomida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan 494 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida xronometraj tadbirlari o‘tkazilgan. Natijada mahalliy budjetga tushumlar miqdori kunlik o‘rtacha 554 million so‘mga oshirilishi ta’minlangan.

Shuningdek, xronometraj tadbirlari davomida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda 758 nafar fuqaro noqonuniy ravishda yollanib, ishlayotgani aniqlangan. O‘z navbatida, ishchilar sonini o‘z hisobotlarida kamaytirib ko‘rsatgan korxonalarga belgilangan tartibda talabnomalar yuborilib, norasmiy yollanma xodim sifatida faoliyat yuritayotgan fuqarolarning barchasi ro‘yxatga olingan.

Lekin, xronometraj tadbirlari davomida mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektlarga naqd pul tushumlarini yashirish holatlari bo‘yicha javobgarlik choralari qo‘llanilmadi.

Biroq, deyiladi xabarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-sonli qaroriga asosan, 2018-yilning

1-oktabridan boshlab, davlat soliq xizmati organlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida o‘tkazilgan xronometraj natijalariga ko‘ra oxirgi hisobot davri uchun tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan kamaytirib ko‘rsatilgan tushumni va xodimlar sonini qayta hisob-kitob qilgan holda soliqlarni hisoblashni amalga oshirish haqida talabnoma yuboradi, kamaytirib ko‘rsatish takroran aniqlanganda, ushbu harakatlar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida malakalanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют