» » Jizzaxda MIB tomonidan 8 oyda 371 mln so‘mlik aliment undirildi

Jizzaxda MIB tomonidan 8 oyda 371 mln so‘mlik aliment undirildi


Joriy yilning o‘tgan davrida Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi, uning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan 5 ming 800 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Turli murojaatlar bo‘yicha jami undirilgan summa 1 milliard 193 ming so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

Murojaatlar tahlil etilganda, ularning ko‘p qismi aliment, qarz, yetkazilgan zararni undirish, elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda ichimlik suvi yuzasidan ekanligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, aliment bilan bog‘liq arizalar asosida 371 milion so‘m undirilishi ta’minlangan.

Viloyatdagi “Zangori Ne’mat” mas’uliyati cheklangan jamiyatining “Jizzax paxta ta’minot servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobidan 44 million 196 ming 700 so‘mni undirish haqidagi murojaati MIB Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Ijro harakatlari natijasida qarzdorlik murojaatchiga to‘liq undirib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют