» » Haftasiga to‘lanadigan 1 million funt Ueyn Runini Xitoyga olib ketish arafasida

Haftasiga to‘lanadigan 1 million funt Ueyn Runini Xitoyga olib ketish arafasida


Mirror nashri ma’lumotiga ko‘ra, Angliya milliy terma jamoasi sardori Ueyn Runi faoliyatini Xitoy Super ligasida davom ettirishga rozi bo‘lgan. Unga taklif qilinayotgan haftalik 1 million funt “Manchester Yunayted” a’zosini fevral so‘nggiga qadar Xitoyga olib ketadi.

Futbolchining o‘zi qaror qabul qilib bo‘lgan bo‘lib, uning agenti Pol Stretford transferga tayyorgarlik ishlari bilan band. Agentning so‘zlariga ko‘ra, Runi Bobbi Charltonning rekordini yangilamagunicha “Yunayted”ni tark etmoqchi emasdi. Endilikda Ueyn “qizil iblislar”ning eng yaxshi to‘purariga aylanib bo‘ldi.

Men bir haftadan keyin shu yerda qolamanmi yoki yo‘q — aniq ayta olmayman. Shu boisdan ham qanday qilib Runining kelgusi taqdiri haqida bir narsa deyishim mumkin? Buni futbolchining o‘zidan so‘rash kerak.

Runi qachondir “Yunayted”dan ketishni istasa, ishoningki, bu mening qarorim bilan amalga oshgan emas. Men uni jamoada ko‘rishdan mamnun bo‘laman va ketishini istamayman.

Joze Mourinyo, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (22-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют