» » Qurolli Kuchlar muzeyida bolajonlar o‘rtasida rasmlar tanlovi o‘tkazildi (foto)

Qurolli Kuchlar muzeyida bolajonlar o‘rtasida rasmlar tanlovi o‘tkazildi (foto)


Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 274-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga sayohat uyushtirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Vatanga qasamyod” monumentining ziyoratidan boshlangan sayohat muzey ekspozitsiya zallari bo‘ylab davom etdi.

Jajji sayohatchilar Amir Temur tarixiga oid va mamlakat qurolli kuchlari o‘tmishi hamda bugunini o‘zida jamlagan eksponatlarni, ayniqsa, katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Ko‘rganlari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun esa ekskursovodni savollarga ko‘mib tashlashdi.

Shu kuni muzeyda bolajonlar o‘rtasida “Vatan mening tasavvurimda” mavzusida rasmlar tanlovi ham o‘tkazildi. Unda bolajonlar o‘z iqtidorlarini namoyish etib, yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Tanlov ishtirokchilariga Mudofaa vazirligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют