» » Yarim yil davomida O‘zbekistonga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 2,3 mlrd dollarni tashkil etdi

Yarim yil davomida O‘zbekistonga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 2,3 mlrd dollarni tashkil etdi


Joriy yilning yanvar-iyunda jismoniy shaxslar qabul qilib olgan xalqaro pul jo‘natmalari hajmi 2,3 mlrd dollarni tashkil etdi Bu haqda Markaziy bank ma’limotlariga tayanib “Gazeta.uz” xabar berdi.

Mazkur mablag‘larning 600 million dollari naqd xorijiy valyutada yuborilgan bo‘lsa, 1,1 milliard dollari yoki 39 foizi — transfertga taalluqli.

O‘zbekistondan pul jo‘natmalari birinchi yarim yillikda 401,1 million dollarni tashkil etdi.

Yarim yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston transchegaraviy pul o‘tkazmalarini, jumladan Rossiya (1,7 milliard dollar olindi, 201,2 million dollar yuborildi), Qozog‘iston (136,2 million dollar olindi, 32,4 million dollar yuborildi), Turkiya (102,6 million dollar yuborildi, 47,6 million dollar olindi), Janubiy Koreya (47,1 million dollar yuborildi, 4,7 million dollar olindi) va Isroil (25,5 million dollar yuborildi, 2 million dollar olindi) amalga oshirdi.

Jismoniy shaxslarning xorijdan amalga oshirgan transfert o‘tkazmalari hisobiga birinchi yarim yillikda ikkilamchi daromadlar saldosi 552,7 million dollarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют