» » Jizzaxdagi fermer xo‘jaligi shiyponidan 1,5 kg.dan ortiq marixuana topildi

Jizzaxdagi fermer xo‘jaligi shiyponidan 1,5 kg.dan ortiq marixuana topildi


O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 2018-yilning 22-sentabr kuni Jizzax viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog‘li hududlardagi tezkor bo‘lim xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Paxtakor tumanida yashovchi U.B. 36,86 gramm marixuana giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Marixuana o‘simligi. Foto: austinhr.com

Uning yonida yana 64 gramm miqdorda marixuana borligi aniqlandi. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, U.B. ishlayotgan fermer xo‘jaligi shiyponidan 1 kilogramm 580 gramm marixuana giyohvandlik moddasi topildi.

Holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют