» » Toshkentda Turon internet-provayderi ishlamay qoldi. Serverlari yonib ketgani taxmin qilinmoqda

Toshkentda Turon internet-provayderi ishlamay qoldi. Serverlari yonib ketgani taxmin qilinmoqda


Toshkentlik foydalanuvchilar Turon Telecom internet-provayderining ishlamay qolganidan nolimoqda. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, aloqa uzilganiga bir soatdan oshgan.

Facebook‘dagi “Potrebiteli.uz” guruhida joylashtirilgan postingga qoldirilgan izohlarda aytilishicha, Toshkent shahrining deyarli barcha tumanlarida provayder xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgan. Shuningdek, kompaniya sayti ham vaqtinchalik ishdan chiqqan.

Ayrim mijozlar texnik xizmatga qo‘ng‘iroq qilib, ma’lumot so‘raganda, serverlar yonib ketgani xabar qilingan. Provayderning ko‘pgina mijozlari server yonib ketishi natijasida bir necha kun davomida internetsiz qolishidan xavotirda.

Kompaniyaning o‘zi hozircha bu borada biror rasmiy bayonot bermadi.

Muhokamalar chog‘ida ayrim foydalanuvchilar Uzonline ham ishlamay qolganini aytmoqda. Bundan tashqari, Facebook‘ka hali ham VPN‘siz kirib bo‘lmayotgani ma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют