» » Afg‘onistondagi portlash oqibatida 8 nafar bola halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi portlash oqibatida 8 nafar bola halok bo‘ldi


Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Faryob viloyatida portlash oqibatida sakkiz nafar bola halok bo‘ldi, yana olti nafari jabrlandi. Bu haqda hudud politsiyasiga tayanib, Xinhua nashri xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Fojia mina portlashi sababli yuz bergan. Halok bo‘lgan bolalar olti yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan.

Tolo News nashrining ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta mazkur viloyatga Tolibon terrorchilik guruhi vakillari hujum qilgan. Politsiya portlovchi qurilmani aynan ular joylashtirganini taxmin qilmoqda.

O‘z navbatida, Tolibon hozircha hodisaga izoh bermagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют