» » O‘zbekistonga sayohat qilish qulaymi?

O‘zbekistonga sayohat qilish qulaymi?


Mamlakatning turizm salohiyati yuqori ekanligini va undan yetarlicha foydalanilmayotganini ko‘pgina ekspertlar e’tirof etadi. Bu haqda O‘zAda chop etilgan maqolada so‘z yuritildi.

O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlardan so‘rasangiz, hashamatli bezaklar, o‘ziga xos sharqona bozorlar, ularda buyumlarni narxini tushirish imkoniyati, somsa, kabob, osh kabi ajoyib ko‘cha taomlari, sovg‘aga olinadigan atlas-u adras, shoyi matolar, yog‘och o‘ymakorlik mahsulotlari, o‘zbekona mehmondo‘stligu iltifotni alohida sanab o‘tishadi. Muammolar xususida so‘raganingizda esa avvalo yo‘llarda joy nomlari va yo‘l ko‘rsatish belgilarining kamligi, yolg‘iz sayohat qiluvchilar uchun transport va harakatlanishdagi qiyinchiliklar sanitar gigiyenik sharoit, hojatxonalar masalasini qayd etishadi.

Sanitar gigiyenik sharoitni yaxshilash maqsadida 2018-yilning fevral oyida birinchi marotaba tadbirkorlarga maqsadli soliq imtiyozlari berildi va asosiy shartlardan biri sifatida dunyo standartlariga to‘g‘ri keladigan sanitar gigiyenik uzellarni tashkil etish so‘raldi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning qayd etishicha, boshida bu imtiyozlardan tadbirkorlar faolroq foydalanishi kutilgan.

O‘zbekiston Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq quyidagi summalar uchun soliq solinadigan bazani kamaytirish tartibi tasdiqlangandi:

100 million so‘mgacha — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 2020 yilning 1 yanvariga qadar sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta’mirlash va qurishga yo‘naltirilgan xarajatlari;

12 million so‘mgacha — har yili 2025-yilning 1-yanvariga qadar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan sanitariya-gigiyena tarmoqlarini (farroshlar ish haqi, gigiyena, tozalash va yuvish vositalarini sotib olish, kommunal xarajatlarni to‘lash), turizm infratuzilmasi obyektlarini saqlashga yo‘naltirilgan xarajatlari.

Ma’lumot uchun, joriy yil 8 oy mobaynida O‘zbekistonga 3,4 million sayyoh tashrif buyurgan, bu raqam 2017-yilda 1,5 million kishini (+226 foiz) tashkil etgan edi. Joriy yil oxiriga qadar mamlakatga keluvchi sayyohlar soni 4, 8 millionga yetishi kutilmoqda. Turistik xizmatlar eksporti esa 666,9 million dollarga yetgan bo‘lib, bu raqam 2017-yildagiga (327,3 million dollar) qaraganda ikki barobardan ham ko‘proqqa ortgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют