» » Germaniyada Erdo‘g‘on tashrifiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Germaniyada Erdo‘g‘on tashrifiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on siyosatiga qarshi bo‘lgan yuzlab odam 22-sentabr, shanba kuni Germaniya shaharlariga chiqdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Namoyishga chiqqanlar Turkiya yetakchisining 28—29-sentabr kunlari GFRga rasmiy tashrifiga qarshilik bildirmoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Berlinda namoyishlarda bir necha yuz kishi, Bilefeld va Essenda yuzga yaqin odam ishtirok etgan. Shu kabi tadbirlar Gamburg, Frankurt-na-Mayn, Gannover va Shtutgartda ham bo‘lib o‘tgan. Erdo‘g‘onning uni tanqid qilganlar: jurnalistlar, olimlar va boshqa muxolifatchilarga qarshi qaratilgan rejimi namoyishchilarda norozilik uyg‘otmoqda. Ular Turkiyada qamoqqa olingan.

Bundan tashqari, namoyishga chiqqanlar Suriyaning Afrin shahridagi inson huquqlari buzilishlari haqida eslatib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют