» » APL. Lyakazett va Obameyangning gollari “Arsenal”ga “Everton” ustidan g‘alaba keltirdi (video)

APL. Lyakazett va Obameyangning gollari “Arsenal”ga “Everton” ustidan g‘alaba keltirdi (video)


Bugun, 23-sentabr sanasida o‘tkazilishi belgilangan Angliya premyer-ligasining 6-turi so‘nggi uchrashuvi ham yakunlandi.

Turning so‘nggi o‘yinida “Arsenal” o‘z maydonida “Everton”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkala gol ham ikkinchi bo‘limda kiritildi. Avvaliga 56-daqiqada Aleksandr Lyakazett hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib, Pyer-Emerik Obameyang hisobni 2:0 ko‘rinishida bo‘lishini ta’minladi.

Shu tariqa APL 6-turi o‘z nihoyasiga yetdi.

Angliya premyer-ligasi

6-tur bellashuvlari

23-sentyabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 56 Lyakazett, 2:0 – 59 Obameyang.

“Arsenal”: Chex, Mustafi, Monreal, Belyerin, Papastatopulos (Holding, 39), Ozil, Jaka, Torreyra, Remzi (Uelbek, 80), Obameyang (Ivobi, 69), Lyakazett.

“Everton”: Pikford, Kin, Din, Kenni, Zuma, Sigurdsson, Devis, Uolkott (Bernard, 72), Guye, Risharlison, Kelvert-Lyuin (Tosun, 72).

Ogohlantirishlar: Torreyra (15), Din (27), Papastatopulos (30).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют